Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Parij teraktlariga aloqadorlikda gumon qilinuvchilar qo‘lga olindi
Turkiyaning Antalya shahrida IShID jangarisi ekani gumon qilingan shaxslar qo‘lga olingan. Ular Parijdagi teraktlarga aloqadorligi gumon qilinmoqda. Bu haqda TodayZaman gazetasi xabar tarqatgan.
Dogan axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 20 noyabr kuni Antalyaning Manavgate tumanida 26 yoshli Axmet Daxmani (kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Belgiya fuqarosi) qo‘lga olingan. Bu shaxs Parijdagi teraktlar ijrochilarining Suriyaga qaytishini ta'minlashga mas'ulligi aytilgan.
Yana 2 gumonlanuvchi bo‘lmish Ahmad Tohir va Muhammad Verd ham qo‘lga tushgan. Ular Dahmani bilan uchrashib, Suriyaga qaytishda yordam berishini so‘rashmoqchi bo‘lishagani taxmin qilingan. Ular soxta pasport orqali Turkiya chegarasini kesib o‘tishni rejalashtirgandi.