Jahon | 14:19 / 21.11.2015
2412
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada politsiya akademiyasi tashkil etiladi

Ukrainada tajribali kadrlar va rahbarlarni tayyorlash uchun zamonaviy milliy politsiya akademiyasi tashkil etish rejalashtirilyapti. Bu haqda Ukraina milliy politsiyasi boshlig‘i Xatiya Dekanoidze ma'lumotiga asoslanib, “112 Ukraina” xabar bermoqda.

“Men bu ishni, albatta, amalga oshiraman. Chunki shuni kerak, deb hisoblayman”, — dedi u.
Milliy politsiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning har bir fuqarosi ushbu akademiyada tahsil olishi mumkin bo‘ladi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish