Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada sayyohlari bor vertolyot halokatga uchradi
Yangi Zelandiyaning Foks-Gleysher (Foks muzligi) tumanida 21 noyabr, shanba kuni vertolyot quladi. Milliy qutqaruv xizmatining ma'lum qilishicha, bortdagi uchuvchi va olti nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat OAV xabar bermoqda.
Falokat sabablari o‘rganilmoqda. Bunga parvoz amalga oshirilgan tumandagi noqulay ob-havo sharoiti ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar ham yo‘q emas.
Ma'lumot uchun aytib o‘tish kerakki, Foks-Gleysher — Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida joylashgan Vestlend xiyobonidagi muzlikdir. U sayyohlar orasida juda mashhur joy hisoblanadi.