Jahon | 10:59 / 22.11.2015
3263
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada Kirshner oilasining 12 yillik hukmronligidan so‘ng yangi prezident saylanadi

Bugun Argentinada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi. Mamlakat fuqarolari Kristina Fernandes de Kirshner hamda uning turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshnerning umumiy 12 yillik prezidentligidan so‘ng qanday yo‘ldan borishlarini bugun hal qiladilar.
Prezidentlikka ikki kishining nomzodi ko‘rsatilgan – hukmron “G‘alaba fronti” alyansi vakili Daniel Stsioli va “Respublikachi taklif” muxolif konservativ partiyasi vakili Maurisio Makri. Kirshner xonimning o‘zi ketma-ket uchinchi marta nomzodini ko‘rsata olmaydi.
Saylovda 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan barcha fuqarolar ishtirok etadi. Mamlakatning 40.1 mln kishilik aholisidan 32 mln nafari saylovlarda ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish