Jahon | 17:55 / 22.11.2015
4131
1 daqiqa o‘qiladi

Asad Moskvada Suriya muxolifati bilan muzokara o‘tkazish uchun uchrashishga tayyor

Suriya prezidenti Bashar Asad Moskva shahrida suriyaliklar uchrashuvida qatnashishga tayyorligini ma'lum qilgan. Bu haqda u Phoenix TV telekanali efirida aytgan.

"Suriya inqirozini hal qilish uchun birinchi navbatda suriyaliklarning o‘zi nima istayotganini aniqlab olishdir. Buning uchun dialog tashkil qilinishi kerak. Shu maqsadda Moskvaga uyushtirgan tashrifim vaqtida aytganimdek, "Moskva-3" uchrashuvi tashkil qilinishi kerak deb hisoblayman", degan u.

Biroz oldinroq, Asad Rossiya tomonidan 2 oy ichida amalga oshirilgan havo zarbalari 1 yildan beri AQSh boshchiligida o‘tkazilgan amaliyotlardan ko‘ra samaraliroq bo‘lganini aytib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish