Jahon | 18:01 / 22.11.2015
3339
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya TIV: Suriyada Iroq va Liviyada bo‘lgan xatolar takrorlanmasin

Iroq va Liviyada sodir etilgan jiddiy xatolarga Suriya ixtilofida yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu haqda Ispaniya tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsia-Margalo bayonot berdi.

Uning ta'kidlashicha, “arab bahori” chog‘ida darhaqiqat jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilgan edi.

“Kecha nima qilganimiz haqida emas, ertaga nima qilishimiz haqida o‘ylashimiz lozim”, - dedi u Rason gazetasiga bergan intervyusida.

Misol tariqasida Margalo Liviyadagi vaziyatni keltirdi. U yerda Muammar Kaddafining ag‘darilishi shunday vaziyatga olib keldiki, natijada “davlatda davlatchilik yo‘q”.
“Iroqda ham Saddam Husayn bilan bog‘liq hamma narsani yo‘q qilishga qaror qilinishi jiddiy xato bo‘lgan edi”, - ta'kidladi diplomat. Uning fikricha, Iroqdagi davlat strukturalarining yo‘qqa chiqishi hamda siyosiy bo‘shliq shu sababdan kelib chiqqan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish