Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marselo "Barselona" bilan o‘yindan keyin o‘zini tutib tura olmadi
"Real" jamoasining braziliyalik himoyachisi Marselo "Barselona" bilan o‘yindan keyin undan mikst-zonada intervyu olgan jurnalistni haqoratladi.
Bir guruh jurnalistlar orasidagi Radio Marca jurnalisti Aton Meana Marselo bilan savol-javob uyushtirgan. Intervyu so‘ngida futbolchi hissiyotlarini jilovlab tura olmagan.
Jurnalist undan nega futbolchilar "El klasiko"ga jiddiy yondashishmaganini so‘ragan.
"Siz umringizda hech futbol o‘ynaganmisiz? Siz qachondir "Bernabeu" chimi ustida bo‘lishni tasavvur qila olasizmi? Siz bunday savol berishga munosib emassiz. Siz o‘taketgan ahmoqsiz", degan futbolchi.