Jahon | 09:10 / 22.11.2015
2790
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmadagi yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi

Myanma shimolidagi Kachin shtatida yer o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi, deb xabar berdi Press TV nashri.

Xpakan okrugi boshlig‘i qutqaruvchilar 75 jasadni topishganini, biroq yana 100 ga yaqin odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolayotganini ma'lum qildi.

Yer o‘pirilishi oltin va nefrit shaxtalaridan olingan jinslardan iborat, balandligi 300 metrlik tog‘da qayd etildi. Vayronalar ostida 50 ga yaqin uy qolib ketgan.

Ta'kidlanishicha, bunday holat dunyodagi nefritning 90 foizi olinadigan bu hududda birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish