Jahon | 14:40 / 22.11.2015
2384
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Britaniya harbiy havo kuchlari dekabr oyining oxirlarida Suriyadagi operatsiyaga qo‘shilishi mumkin

Buyuk Britaniya Qirollik harbiy havo kuchlari dekabr oyining oxirlarida Suriyadagi operatsiyaga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda mamlakatning yetakchi nashrlari xabar qildi.
Ekspertlardan biri IShIDga qarshi amaliyotlar ikki haftadan keyin boshlanishi mumkinligini aytdi.
Aytilishicha, yaqinda bosh vazir Devid Kemeron 7 punktli harakat rejasini taqdim etib, qirollik harbiy kuchlaridan IShID tahdidini yo‘q qilishda foydalanish uchun parlamentdan ruxsat so‘raydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish