Jahon | 15:49 / 22.11.2015
4574
1 daqiqa o‘qiladi

O‘sh aeroportidagi voqeada 6 kishi jarohat oldi

Qirg‘izistonning O‘sh shahri aeroportida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan Boeing 733 samolyotning 6 yo‘lovchisi jarohat oldi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, ularning bari O‘sh viloyat klinik shifoxonasiga yetkazilgan.

Shifoxona bosh shifokori Shoyirbek Sulaymonovning so‘zlariga qaraganda, jarohat olganlardan biri homilador ayoldir. Uning homilasi tahdid ostida emas.

Ilgari xabar qilinganidek, AviaTraffic aviakompaniyasining Krasroyarskdan uchib kelayotgan samolyotda shassi buzilgani tufayli u O‘shda favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish