Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rafael Benites: Jamoamiz "Barselona" bilan o‘yinda hech narsa ko‘rsata olmadi
«Real» bosh murabbiyi Rafael Benites «Barselona»ga qarshi o‘yin (0:4) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Har qanday mag‘lubiyat og‘riqli qabul qilinadi. Barchasini o‘nglash uchun ishlashimiz kerak. Hozir meni bitta narsa tashvishga solmoqda: bunday mag‘lubiyatdan keyin jamoani emotsional jihatdan qanday qilib tiklab olish.
Bizga qarshi yaxshi jamoa o‘ynadi. Biz o‘z xatolarimiz evaziga jazolandik. "Barselona"ning har bir golidan keyin o‘zimizga kelishimiz qiyin kechdi.
Bunday mag‘lubiyatdan keyin aytadigan gapning o‘zi yo‘q. Jamoa hech narsa ko‘rsata olmadi. Endi o‘zimizga kelishimiz kerak.
Men hamisha ixtiyorimdagi futbolchilar orasidan eng yaxshi tarkibni tanlayman. Agar o‘yinimiz o‘xshamasa, barchamiz mas'uliyatni bo‘ynimizga olishimiz kerak.
Xozir kimningdir individual o‘yinini tahlil qiladigan payt emas. O‘zimizga kelib olib, keyingi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», – deydi Benites.