Jahon | 10:16 / 22.11.2015
2779
1 daqiqa o‘qiladi

Tuluzada minglab odamlar jaholatga qarshi namoyish o‘tkazdi

Fransiya janubidagi Tuluza shahrida 10-16 ming kishi ko‘chalarga chiqib, tinchlik uchun, terror va jaholatga qarshi namoyish o‘tkazishdi. Bu haqda France Bleu nashri yozmoqda.
Tadbir ishtirokchilari terrorni qoralovchi hamda ekstremistlarni barcha musulmonlar bilan chalkashtirmaslikka chaqiruvchi transparantlar ko‘tarib chiqishdi.
Mahalliy prefektura Parijdagi voqealardan buyon birinchi marta bunday tadbir o‘tkazishga ruxsat berdi.
Bir necha kun muqaddam Tuluzada terrorchilikda gumon qilinib uch kishi qo‘lga olingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish