Sport | 11:44 / 22.11.2015
4689
1 daqiqa o‘qiladi

Van Gaal: Ronaldu "MYu"ga qaytadimi? Biz uni kutamiz

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Angliyaga qaytishi ehtimollari haqida fikr bildirdi.

"Biz barcha kuchli futbolchilarni kuzatamiz. Faqat Ronaldu emas, bir nechta futbolchilarga e'tiborimizni qaratganmiz. Lekin bu futbolchilarning ko‘pchiligini qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. Krishtianuga to‘xtaladigan bo‘lsam, keling kutamiz va umid qilamiz. Ushbu futbolchini yoqtirmaydigan murabbiy dunyoda bo‘lmasa kerak", — deydi van Gaal.

Qayd etish kerakki, portugaliyalik futbolchi Benites bilan kelishmovchilik tufayli Madridni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "MYu"da 2003 yildan 2009 yilgacha o‘ynagan. U 2009 yilda 80 mln funt evaziga "Real"ga o‘tgandi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish