Sport | 10:57 / 22.11.2015
3124
1 daqiqa o‘qiladi

Vardi Van Nistelroyning rekordini takrorladi

APLning 13-turidan o‘rin olgan «Lester» va «Nyukasl» bahsida Jyeymi Vardi yana bir bor o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Bu orqali u chempionatdagi ketma-ket 10ta o‘yinda maydonni golsiz tark etmadi.

Shu tariqa, hujumchi «Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Rud van Nistelroyning rekordini takrorladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Vardi 12ta o‘yinda 13ta gol urgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish