Jamiyat | 11:44 / 22.11.2015
63525
2 daqiqa o‘qiladi

"Versal" restoranida Oybek va Nigoraning nikoh marosimi o‘tkazildi (Fotoreportaj)

21 noyabr kuni Toshkent shahridagi "Versal" restoranida o‘zbek estradasining ikki vakili Oybek va Nigoraning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu juftlikning to‘yi atrofidagi shov-shuvlar ancha oldin boshlangandi. To‘y oqshomida ham o‘zbek estradasi va kinosi olamining mashhur vakillari yig‘ilishdi.

Kelin-kuyovni O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov "Kelibdi" taronasi bilan qarshi olgan.

Shuningdek, Nasiba Abdullayeva, Zulayho Boyxonova, Rashid Xolikov, Jahongir Poziljonov, "Afro‘z" guruhi, Munisa Rizayeva, Shohruhxon, Rayhon, Manzura, Shohruhxon, Rayhon, Shahzoda, Tohir Sodiqov kabi xonandalar yoshlarni o‘z qo‘shiqlari bilan muborakbod etishdi.

Oybek va Nigora Nasiba Abdullayeva hamda Rashid Xoliqovning qo‘shiqlariga raqs ijro etib berishgan.

Mehmonlar orasida O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Sa'dullayeva, aktrisalar Xalima Ibragimova, Shahzoda Muhammedova, Muqaddas Sa'dullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva, xonandalar Dilso‘z, Umidaxon, Sayyorai Jahon kabilarni ham uchratish mumkin edi.


Ma'lumot uchun, Oybek Alimov 1987 yilning 8 oktabrida, Nigora Ismoilova 1988 yilning 12 sentabrida tavallud topgan. Xonandalar 2008 yilda “Nihol” mukofoti bilan taqdirlanishgan. Ular 2005 yildan buyon hamkorlik qilib duetlar kuylab kelishadi.

 
 

Video opublikovano Ziyoda (@ziyodaqobilova)Noya 21 2015 v 1:08 PST

 

Video opublikovano Ziyoda (@ziyodaqobilova)Noya 21 2015 v 1:14 PST

 

Suratlar manbasi: Instagram.com