Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedev AQSh siyosatini “mas'uliyatsiz” deb atadi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQSh tomonidan yuritilayotgan siyosatni “mas'uliyatsiz” deb atadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Medvedev buni AQSh prezidentining Rossiyaning Suriyadagi ixtilofdagi roli haqida gapirgan so‘zlariga izoh berishi davomida aytdi. Bundan avval Obama “Rossiyaning Suriyadagi ixtilofga aralashuvi IShIDni kuchaytirdi” deb aytgandi.
“IShIDning kuchayishi jumladan AQShning mas'uliyatsiz siyosati oqibatida ham yuz berdi. Umumiy sa'y-harakatlarni terrorchilikka qarshi kurashga qaratish o‘rniga, AQSh va uning ittifoqchilari Suriyaning qonuniy prezidenti Bashar Asad bilan kurashishga kirishib ketdi”, deb aytdi Medvedev.
Medvedevning aytishicha, “Yaqin Sharq davlatlaridagi ongli siyosat” barcha davlatlar, jumladan AQSh uchun “vaziyatni beqarorlashtirishda emas”, balki davlatning butligini ta'minlashga qodir qonuniy hokimiyatni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi kerak.
Avvalroq Medvedev terrorchilik xavfiga qarshi kurashda ittifoqchilarni o‘ziniki va begonaga ajratib bo‘lmasligini aytgan edi.