Jahon | 15:08 / 23.11.2015
15036
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes: Rossiya IShIDga qarshi kurashda ortiq darajada kuchli qurol qo‘llamoqda

IShIDga qarshi olib borilayotgan harbiy kampaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga butun dunyoga o‘z qo‘li ostidagi kuchlarni namoyish etish imkoniyatini bermoqda. The Forbes nashrining ta'kidlashicha, balki shu sababdandir, jangarilarga qarshi u ortiq darajada qudratli qurollarni qo‘llamoqda.

Bunda birinchi navbatda uzoqqa uruvchi zenit-raketa tizimlari nazarda tutilmoqda. Bundan maqola muallifi shunday xulosa qiladiki, Rossiyaning asl maqsadi IShIDga qarshi jon-jahdi bilan kurashish emas, balki barchaga o‘z qudratini ko‘rsatib qo‘yishdir.
“2000 yili Putin prezident etib saylangan payti u hali tajribasiz bo‘lib, o‘ziga ishonmas edi. G‘arb yetakchilari u bilan gaplashganidan xursand bo‘lardi. Bugun esa u o‘zini jahondagi eng tajribali yetakchi deb hisoblaydi va boshqalarga yordam berishni istaydi”, - dedi rossiyalik jurnalist Aleksandr Baunov.

Shu bilan birga, Ukraina sharqidagi urushdan so‘ng G‘arb siyosatchilari Putinni fikriga qiziqmay qo‘ydilar. Ular o‘tgan yilgi G8 sammitida ham Putin bilan gaplashishmadi, uning Asadni saqlab qolish borasidagi fikrlarini eshitmadilar. Ammo ular Rossiya 30 sentabr kuni boshlagan keng miqyosli harbiy kampaniyani sezmay qolishmadi.

Baunovning ta'kidlashicha, Putin urush boshlash uchun juda to‘g‘ri vaqtni tanlagan.
Shu tariqa, Rossiya biryo‘la bir nechta maqsadlarga erisha oladi. U nafaqat harbiy kuchlarini ko‘rsata oladi, balki uning xalqaro izolyatsiyasi yakun topishi ham mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish