Sport | 20:09 / 23.11.2015
2704
1 daqiqa o‘qiladi

Isko o‘zining jamoadagi o‘rnidan norozi. U yozda ketmoqchi

"Real" jamoasi yarim himoyachisi Isko o‘z ish joyini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

Marca nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi o‘zini "Barselona"ga qarshi o‘yinda bosh murabbiy tomonidan asosiy tarkibda tushirilmaganidan qattiq norozi bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, Rafael Benites jarohatidan to‘liq tuzalmagan Xames Rodrigesni tushirishni ma'qul ko‘rgani uni ranjitgan.

Ushbu yosh futbolchi 3 mavsumdan buyon "Real" a'zosi hisoblansada, asosiy tarkibning doimiy a'zosiga aylana olmaganidan norozi.

Mavsum oxirida u Madriddagidan yaxshiroq sharoit taklif qiladigan boshqa jamoalarning takliflarini ko‘rib chiqishgan tayyorligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish