Jahon | 12:47 / 23.11.2015
4605
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik juftlik suriyalik qochqinlarga yordam berish maqsadida to‘y bazmini bekor qildi

Kanadaning Toronto shahrida istiqomat qiluvchi Samanta Jyekson va Farzin Yusefyan 2016 yilning mart oyiga mo‘ljallangan to‘ylari bazmini bekor qilishdi hamda unga ketadigan pullarni suriyalik qochqinlarga ajratishdi, deb xabar bermoqda The Huffington Post.

Nashrning ma'lum qilishicha, juftlik 2015 yilning sentabr oyida internet orqali Turkiya qirg‘oqlaridan birida o‘lib yotgan uch yoshli suriyalik qochqin bolaning suratini ko‘rib qolishadi. Ana shundan so‘ng ular bazmni bekor qilishga va unga ketadigan mablag‘larni qochqinlarga ko‘mak beruvchi Rerson University Lifeline Syria Challenge tashkilotiga berishni lozim topishdi.

Bazm o‘rniga yosh kelin-kuyov Toronto merligi binosida odmigina dasturxon tuzashdi hamda yaqinlar va do‘stlar davrasida to‘ylarini nishonlashdi. Juftlik, ularning qarindoshlari va do‘stlari qochqinlarga yordam berish maqsadida 17,5 ming dollar jamg‘arishdi. Ularning maqsadi 27 ming dollar yig‘ishdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish