Jamiyat | 14:55 / 23.11.2015
3197
1 daqiqa o‘qiladi

Katta miqdordagi mahsulotlarni noqonuniy sotgan namanganlik tadbirkor sudlandi

Namangan shahrida yashovchi Shokir Qayumov o‘ziga tegishli “Sharq yulduzi ulgurji savdo” MChJ orqali bir qator noqonuniy savdo operatsiyalarni amalga oshirganlikda ayblanib sud qilindi. “Huquq” nashrining ma'lum qilishicha, u muqaddam sudlangan edi.

Jumladan, Qayumov “Yuksak imkon dizayn qurilish” xususiy korxonasi rahbari bilan kelishgan holda unga 227 mln so‘mlik mahsulotni yetkazib bergan. 11ta yakka tartibdagi tadbirkorga ma'lumotnoma olmay 944 mln so‘mlik mahsulotlarni pul ko‘chirish yo‘li bilan sotib yuborgan.

Bu operatsiyalar asnosida MChJning 232 mln so‘mdan ortiq muddati o‘tgan debetor qarzlari hamda 11 mln so‘m ish haqi, 185 mln so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lanmay qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish