Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada haydovchilarga bepul yordam beruvchi parkovkachilar paydo bo‘ldi
Olmaotada haydovchilarga bepul yordam beruvchi parkovkachilar paydo bo‘ldi. Bu haqda Olmaota hokimiyati o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma'lum qildi.
“Haydovchilar diqqatiga! “Almaty spetstexparking servis” kompaniyasi kiyimiga e'tibor berishingizni so‘raymiz. Bu kompaniya xodimlari faoliyati shahar ko‘chalarida haydovchilarga avtomobilni parkovka qilishda bepul yordam berishga qaratilgan. Kiyimda “Bepul” degan yozuv, personal beyj, tashkilot nomi va telefoni bor. Boshqa kiyimdagi parkovkachilarni aniqlasangiz, 109 yoki 380 05 16 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz”, deyilmoqda xabarda.
Avvalroq Olmaotada noqonuniy parkovkachilarni ushlash bo‘yicha reyd o‘tkazilgan edi.