Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Paxtakor" hujumchisi Anvar Soliyev futbolchilik faoliyatini yakunladi
O‘zbek futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan hujumchi Anvar Soliev futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqida "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi No‘'mon Hasanov ta'kidlab o‘tgan.
"Bugun Anvar Soliyev futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvda maydonga tushdi. Soliyev murabbiylik kurslarida ham tahsil oldi. Uning keyingi murabbiylik faoliyatida ham omad tilayman. "Paxtakor"ning eng sodiq futbolchilaridan biri bo‘ldi. Jamoada qolishni istasa, biz uni qabul qilamiz", - deydi "Paxtakor" bosh murabbiyi.
Ma'lumot uchun, Anvar Soliyev 1978 yilda tavvallud topgan va hozirda 37 yoshni qarshi olgan. Soliyev sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev ta'biri bilan aytganda, terma jamoada ham haqiqiy "cexrli tayoqcha" bo‘ldi.