Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijdagi shifoxonadan kimyoviy moddalardan himoyalovchi tibbiy kiyim o‘g‘irlab ketildi
Frantsuz politsiyasi Parijdagi Neker shifoxonasidan kimyoviy moddalardan himoyalovchi tibbiy kiyim o‘g‘irlab ketilishi holatini tergov qilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Sog‘liqni saqlash departamenti vakilining ma'lum qilishicha, 18 noyabrda himoya kiyimining “cheklangan miqdordagi” himoya elementlari yo‘qolib qolgan. Ertasi kuni bu haqda politsiyaga xabar berilgan.
O‘g‘irlik sabablari hozircha noma'lum, biroq bu holat 13 noyabrda Parijdagi teraktlardan keyin kimyoviy va biologik hujumlar xavfidan xavotirlanish kuchaygan bir paytda sodir bo‘ldi. Teraktlardan keyin Fransiya bosh vaziri Manuel Vals parlamentdagi nutqi davomida Fransiya terrorchilarga qarshi kurashda kimyoviy va biologik hujumlar xavfiga uchrashi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Avvalroq Fransiya kimyoviy qurolga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rgani ma'lum qilingandi.