Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston fuqarosi Rossiyaga adyollar orasida o‘tib olmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushdi
Qozog‘iston fuqarosi Rossiyaga adyollar orasida o‘tib olishni istadi, deya xabar qildi Tengrinews.kz mamlakat chegara xizmati ma'lumotiga asoslangan holda.
“22 noyabr kuni 23:55da Qozog‘iston-Rossiya chegarasidagi "Jaysan avto" transport-chegara nazorat bo‘limida Qozog‘istondan Rossiyaga yo‘l olgan "Mersedes" yuk avtomobili chegarachilar tomonidan tekshirilayotgan vaqtda kabinaning yotoq qismida 27 yoshli QR fuqarosi yashirinib olgani aniqlandi”, - deyiladi chegara xizmati press-relizida.
Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro Qozog‘istondan xorijga chiqishi taqiqlangan shaxs bo‘lib chiqdi.
Chegara xizmati xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxsga nisbatan mamlakat qonunchiligidagi chegaralarni noqonuniy kesib o‘tishga oid bandlar yuzasidan chora ko‘riladi.