Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik ikki politsiyachi o‘zbekistonlik tadbirkorlarni tunagani ma'lum bo‘ldi
Qozog‘istonning Atirau viloyatida O‘zbekiston fuqarolarini muntazam ravishda tunab kelgan ikki politsiya xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Ak Jayik” xabariga ko‘ra, 2015 yilning 18 iyulida 38 yoshli o‘zbekistonlik ayol viloyat IBBga murojaat qilib, “Koktem” bozori yaqinida o‘zini migratsion politsiyasi xodimlari deb tanishtirgan ikki politsiyachi qamoqqa olish bilan tahdid qilgan holda “Samsung” telefoni va 107 ming tanga pul bo‘lgan ayollar sumkasini tortib olgan. Xuddi shunday shikoyat bilan iyul, avgust va sentabr oylarida yana uch nafar O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilgan.
Surishtiruv-tergov jarayonida gumondorlardan biri o‘z aybini tan olib, iyul-avgust oylari davomida “Toyota-Kamri” xizmat avtomobilida savdo bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston fuqarolarini tunaganini ma'lum qildi. Yetkazilgan umumiy zarar miqdori esa 800 ming tangadan oshgan.