Jahon | 20:28 / 23.11.2015
5104
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Eronga S-300 yetkazib berishni boshladi

Rossiya Eronga S-300 zenit raketa tizimlarini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Eronning Moskvadagi elchisi Mahdi Sanoiy ma'lumot berdi. “Eronga S-300 yetkazib berish jarayoni realizatsiya bosqichiga o‘tdi”, - xabar qildi u.

Ilgariroq Eron mudofaa vaziri Husayn Dehgon bu tizimlar Moskva tomonidan yil oxirida yetkazib berilishini xabar qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish