Jahon | 12:08 / 23.11.2015
3056
2 daqiqa o‘qiladi

Sharl de Goll aviatashuvchisi Suriyada IShIDga qarshi operatsiyalarga qo‘shiladi

Kemalar guruhini boshqarib kelayotgan Fransiyaning Sharl de Goll aviatashuvchisi 22 noyabr tunida sharqiy O‘rta Yer dengizi hududiga kirib keldi va dushanba, 23 noyabrdan Suriyada IShIDga qarshi operatsiyalarga qo‘shiladi.
22 noyabr kuni Fransiya mudofaa mahkamasi rahbari Jan-Iv Le Drian aviatashuvchi dushanba, 23 noyabrdan xizmatga kirishishga tayyor bo‘lishini ma'lum qildi. Kema komandiri Erik Malbruno ham Sharl de Goll 23 noyabrdan zarbalar berishni boshlashi mumkinligini e'lon qilgan edi.

Sharl de Goll joylashgan aniq nuqtalar xavfsizlik nuqtai nazaridan ma'lum qilingani yo‘q, u Fors ko‘rfazi suvlaridan joy oladi. Aviatashuvchi bu yerda to‘rt oy davomida qoladi, biroq missiya davomiyligi yana uzaytirilishi mumkin.
Kemada 18 dona Rafale qiruvchisi, 8ta ovoz tezligida harakatlanadigan Dassault Super-Etendard paluba hujumchi samolyoti, shuningdek, Hawkeye uzoq radiolokatsiya uskunasi bilan ta'minlangan ikkita paluba samolyoti o‘rin olgan. Aviatashuvchining jamoasi esa 1,9 ming dengizchi, uchuvchi va mexaniklardan iborat.

Avvalroq aviatashuvchi kemalar guruhiga La Motte-Picquet kemaga qarshi fregati, ko‘p vazifali Aquitaine kemasi, Aviation ta'minot tankeri ham kirishi xabar qilingan edi. Shuningdek, unga sentabr oyidan buyon Belgiya flotining Leopold hamda fransuzlarning Chevalier Paul fregatlari ham hamrohlik qilmoqda. Frantsuz aviatashuvchisi Britaniyaning HMS Defender esminetsiga ham boshchilik qiladi. Bundan tashqari, guruhda nomi oshkor qilinmagan suv osti kemasi ham mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish