Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Spartak" va "Krasnodar" o‘yini vaqtida tribunada vafot etganlardan biri styuard
RFPLning ma'lum qilishicha, Rossiya chempionatining 16-turida o‘tkazilgan "Spartak" va "Krasnodar" jamoalari bahsi vaqtida stadion xizmatchilaridan biri olamdan o‘tgan.
Biroz oldinroq, o‘yin vaqtida o‘yinni tomosha qilish uchun kelgan Moskva okrugi ma'muriyati prefekti Viktor Fuer yurak xuruji tufayli vafot etgani xabar qilingandi.
"Rossiya futbol premer ligasi 22 noyabr kuni, "Spartak" va "Krasnodar" o‘yinini tomosha qilish vaqtida olamdan o‘tgan Moskva okrugi ma'muriyati prefekti Viktor Fuer hamda stadionda nazoratchi sifatida ishlagan Sergey Titovning vafot etgani munosabati bilan ta'ziya izhor etadi", deyilgan liganing rasmiy saytida.