Jahon | 17:35 / 23.11.2015
2496
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston prezidenti qimmatbaho qog‘ozlar va advokatura haqidagi qonunlarga o‘zgartishlarni imzoladi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bugun, 23 noyabr kuni, parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan bir qancha qonun hujjatlarini imzoladi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berildi.

Mamlakat rahbari matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, bu huquqiy aktlar sirasida “Ruxsat berish tizimi to‘g‘risida”gi, “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi, “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartishlar bor.

Shuningdek, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Fuqarolik holati aktlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, Oila kodeksi hamda Fuqarolik-protsessual kodekslariga o‘zgartishlar kiritildi.
Tojikiston ta'lim va fan vaziri Nuriddin Said 15 oktabr kuni parlament quyi palatasidagi chiqishida bu o‘zgartishlarning mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish