Jamiyat | 00:01 / 24.11.2015
9782
1 daqiqa o‘qiladi

24-29 noyabr kunlari Toshkentda moda haftaligi bo‘lib o‘tadi

24 noyabr kuni Toshkent moda haftaligi boshlanadi. Uning tashkilotchilari O‘zbekiston dizaynerlari assotsiatsiyasi “Osiyo ramzi” va Italiya milliy moda palatasi hisoblanadi. 

Moda haftaligi ichida o‘zbekistonlik yosh dizaynerlarning ishlari, o‘zbek va xorijiy dizaynerlarning mualliflik ishlari taqdim etiladi, “Milliy liboslar” festivali, turli xil master-klasslar va smenar-treninglar o‘tkaziladi, shuningdek, yopilish kunida gala-namoyish ham bo‘lib o‘tadi.

Mualliflik ishlari “Yoshlar madaniyat va san'at markazida”, master-klass va seminar-treninglar Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaning anjumanlar zalida bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Italiya moda palatasi faxriy prezidenti Mario Bozelli mehmon bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish