Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik o‘smir Rubik kubigini 4,9 soniyada yig‘ib, rekord o‘rnatdi
AQShda 14 yoshli Lukas Etter ismli o‘smir Rubik kubigini 4,904 soniya ichida yig‘di va yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Guardian nashri xabariga ko‘ra, Etter Merilend shtatining Klarksvill shahridagi River Hill Fall musobaqasi vaqtida 3×3 hajmga ega Rubik kubigini avvalgi rekorddagidan 0,35 soniya tezroq yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Bundan avvalgi rekord boshqa bir o‘smir Kolin Byornsga tegishli hisoblanardi. U shu yilning aprel oyida Rubik kubigini 5,25 soniyada yig‘a olgan edi.
Yangi rekord Butunjahon kubiklar uyushmasi (World Cube Association) tomonidan tan olingan.