Jahon | 10:10 / 24.11.2015
1811
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden koalitsiyani IShIDga qarshi kurashni yanada faollashtirishga chaqirdi

AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashayotgan koalitsiya a'zolarini yanada faollashishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Vitse-prezident, shuningdek, Iroq va Suriyadagi jangarilar marrasiga aviazarbalar berish, Suriyaga o‘z chegaralarini mustahkamlashga yordam berish, xorijiy jangarilarga taalluqli axborotlarni qo‘lga kiritish zarurligini ta'kidlab o‘tdi”, — deyiladi ma'lumotda.

Shu bilan birga Bayden IShID tomonidan uyushtirilgan teraktlarda halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish