Jahon | 16:36 / 24.11.2015
2097
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya adliya vazirligi: mamlakatda Suriyada borib kelgan 130 jangari bor

Ayni kunlarda Belgiya hududida Suriyadagi harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etgan 130 nafar jangari bor. Ularning 85 nafari Bryusselning Molenbek kommunasida tug‘ilgan va o‘sha yerda doimiy yashaydi. Bu kommuna aholisining asosiy qismi Shimoliy Afrikadan tashrif buyurganlardir.

Bu ma'lumotlar 24 noyabr kuni Belgiya adliya vaziri Koen Gens tomonidan berildi.
“Belgiyada bo‘lgan, Suriyaga borib kelgan 130 kishidan 85 nafari doimiy ravishda Molenbek kommunasida yashaydi”, - ta'kidladi u.
13 noyabr kuni Parijdagi teraktlarni sodir etgan kamikadzelarning 3 nafari shu kommuna vakillari bo‘lgan.

Teraktlarda ishtirok etganlikda gumonlanayotgan, hali qo‘lga olinmagan asosiy javobgar Saloh Abdisalom ham Molenbekda yashab kelgan.
Bryussel 3 kundan buyon aksilterror xavfsizligining 4-darajasi amalga kirgan bir vaziyatda yashamoqda. Metro, ta'lim muassasalari, yirik savdo va ko‘ngilochar markazlar, muzeylar yopilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish