Jahon | 07:25 / 24.11.2015
1745
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada metro va maktablar 25 noyabrdan ochiladi

Belgiyada poytaxt metrosi va maktablar 25 noyabrdan ochiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel ma'lum qildi. Mishel mamlakatda terrorchilik xavfi eng yuqori darajada qolayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Uning aytishicha, savdo markazlari, gavjum ko‘chalar va jamoat transporti terrorchilar hujum uyushtirishi mumkin bo‘lgan joylar bo‘lib qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish