Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:41 / 24.11.2015
2245
1 daqiqa o‘qiladi
BMT bosh kotibi KXDRga bormoqchiligini tasdiqladi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun KXDRga tashrif qilish rejasi mavjudligini tasdiqladi.
"Hozir aniq gap ayta olmayman, lekin Shimoliy Koreyaga borishim jarayonini tezlashtirishga harakat qilayapman", deydi u janublik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Uning qayd etishicha, hozirda "Shimoliy Koreyada tashqi olamga ijobiy qarashlar mavjud va u yerdagilar bilan kelishish mumkin".
Biroz oldinroq, uning Pxenyanga 23 noyabr kuni borishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Lekin ko‘p o‘tmasdan uning o‘zi bu xabarni rad qildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish