Jahon | 14:19 / 24.11.2015
6309
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Rossiya bombardimonchi samolyotining qulaganini tasdiqladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo‘g‘an turk harbiylari Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirganini tasdiqladi. Bu haqda Bloomberg agentligining Turkiyadagi muxbiri Ferjan Yalinkilij o‘z tvitterida xabar qildi.

Mahkamaning oydinlik kiritishicha, samolyot Suriya hududi bo‘ylab uchib o‘tayotgan bo‘lgan, biroq Anqara Su-24 Turkiya havo chegaralarini buzib o‘tganini iddao qilmoqda.

Samolyot Suriyaning Lataqiya provinsiyasida qulab tushgan.

Avvalroq turk tomoni Rossiyani Suriyadagi harbiy amaliyotlar jarayonida Turkiya havo chegaralari buzilayotganidan ogohlantirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish