Sport | 09:21 / 24.11.2015
2855
2 daqiqa o‘qiladi

Florentino Peres: Benites "Real"da qoladi

Rafael Benites "Real" bosh murabbiyi sifatida ishlashni davom ettiradi. U Ispaniya chempioanatida ketma-ket ikkita o‘yinda mag‘lubiyat qayd etganiga qaramasdan jamoa prezidenti Florentino Peres uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan. Bu Peres 23 noyabr kuni kechasi maxsus matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Biz bosh murabbiy Rafael Benitesni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz unga ishonamiz. Men muxlislarning noroziligini tushunaman. Lekin biz hozir sovuqqonlik va jiddiylik bilan jipslashgan holda ishlashimiz kerak.

Ishqibozlardan jamoa va futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Ha, "Real" "Barselona"ga qarshi o‘yinda juda yomon o‘ynadi. Lekin bu futbolchilar o‘z ishiga yomon munosabatda bo‘ldi degani emas. Shu bilan birgalikda, muxlislarning murojaatlariga hurmat bilan yondoshaman. "Real"ning muxlislari eng talabchan ishqibozlardir.

O‘yinga tarkibni belgilash borasida murabbiy to‘la mustaqil. "Real"da ko‘plab murabbiylar ishlagan va ularning barchasi mustaqil ravishda tarkib tanlagan", – deydi Peres matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Real" liganing keyingi ikki turida "Sevilya" (2:3) va "Barselona" (0:4) jamoalariga mag‘lub bo‘ldi hamda uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Qolaversa, futbolchilarning aksar qismi Benitesning himoyaviy taktikasidan norozi bo‘lishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish