Jamiyat | 09:59 / 24.11.2015
2911
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada 10 kishining IShIDga aloqadorligi aniqlandi

Janubiy Koreyaning 10 nafar fuqarosi IShID terroristik guruhiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador ekani ma'lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Ryonhap” agentligi mamlakat razvedkasi ma'lumotiga asoslangan holda.

“Mamlakat ichkarisida IShIDni qo‘llab-quvvatlovchi, nafaqat qiziqish bildirgan, balki ular bilan aniq aloqa o‘rnatgan o‘n kishi aniqlandi”, - agentlik Janubiy Koreya razvedka xizmati ma'lumotlaridan iqtibos keltirmoqda.

Avvalroq Koreya Respublikasi hukumati xalqaro terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib 48 nafar xorijlikni mamlakatdan chiqarib yuborgani xabar qilingan edi. Shuningdek, yaqindagina “al-Qoida” xalqaro terroristik guruhiga mansublikda gumon qilingan soxta pasportli Indoneziya fuqarosi qo‘lga olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish