Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:22 / 24.11.2015
6863
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Suriyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Suriyaning Turkiya chegarasiga yaqin hududida harbiy samolyot halokatga uchradi, deb xabar beradi Haberturk telekanali.
Samolyot qaysi davlatga tegishliligi borasida aniq ma'lumot berilmadi. Aytilishicha, bu qiruvchi bo‘lgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, samolyot to‘satdan olov olib, tog‘larga qulagan.
Halokat Lataqiya viloyatidagi Turkman tog‘larida sodir bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish