Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:03 / 24.11.2015
10044
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Suriyada qulagan harbiy samolyot Rossiyaga tegishli
Suriya hududidagi Turkman tog‘lariga qulab tushgan harbiy samolyot Rossiyaga tegishli bo‘lgan. Bu haqda Turkiyaning Haberturk nashri xabar tarqatgan.
Aniqlik kiritilishicha, uchuvchilar samolyot qulashidan oldin samolyotni tark etgan. Ulardan biri ayni vaqtda qidirilmoqda. CNN Turk xabariga ko‘ra, uchuvchi turkmanlar qo‘lida asirlikda.
Ba'zi xabarlarga ko‘ra, Rossiya harbiy havo kuchlariga tegishli Su-24 samolyoti Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan u chegarani buzib o‘tgani uchun urib tushirilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish