Sport | 12:46 / 24.11.2015
2492
2 daqiqa o‘qiladi

"Real"ning o‘rinbosarlar jamoasi futbolchilaridan biri muxlislar hujumiga uchradi

Madridning "Real" klubining o‘rinbosarlari jamoasi bo‘lmish "Real Kastiliya" futbolchisi Kristian Sedresga jamoa muxlislari hujum uyushtirishgan. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatgan.

Muxlislar 23 noyabr kuni Madridda o‘tkazilgan ertalabki mashg‘ulotdan chiqqan futbolchiga "tashlanishgan". Ular futbolchining mashinasiga bir necha marta urishgan va Sedresni haqoratlashgan.

Ma'lum bo‘lishicha, muxlislar "Real"ning 21 noyabr oqshomida "Barselona"dan uchralgan 0:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyati alamini shu yosh futbolchidan olishgan.

"Bu normal holat emas. Sen mashg‘ulotdan chiqasan va beayb holingda shunday munoasabat ko‘rasan. Hozir biz asosiy jamoaga dalda berishimiz kerak. Olg‘a "Real"!" deya yozgan futbolchi o‘z tvitterida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish