Jahon | 19:33 / 24.11.2015
3953
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya davlat Dumasi Rosaviatsiyadan Turkiya bilan aviaaloqalarni to‘xtatishni so‘radi

Rossiya Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Nikolay Levichev Rosaviatsiyadan Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aviaaloqani uzishga chaqirdi. Bu murojaatnoma mahalliy matbuot tahririyatlariga ham yo‘llandi. Aytilishicha, murojaat idora rahbari Aleksandr Neradkoga yetkazilgan.

Levichevning fikricha, “Turkiya hukumatining IShIDga munosabatini salbiy deb bo‘lmaydigan bir sharoitda jangarilarning Turkiya aeroportiga kirish ehtimoli juda baland, bu esa Rossiya samolyotlariga nisbatan terrorchilik xavfi oshib ketishiga sabab bo‘ladi”.

“Rossiya va Turkiya o‘rtasida aviaaloqani toki Turkiya aeroportlarida terrorchilik tahdidi manbalarining to‘liq bartaraf qilinmagunicha butunlay va darhol uzib qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni so‘rayman”, - dedi parlamentariy o‘z murojaatida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish