Jahon | 15:30 / 24.11.2015
4461
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy vertolyotlari Suriyada qulagan Su-24 uchuvchilarini qidirmoqda

Rossiya harbiy vertolyotlari Turkiya tomonidan Suriya bilan chegarada havo hududini buzib o‘tgani uchun urib tushirilgan Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyot uchuvchilarini izlamoqda. Bu haqda Dogan agentligi xabar bergan.

Bundan oldinroq, Turkiya bilan chegara yaqinida harakatlangan Rossiya samolyoti urib tushirilgani, uchuvchilar parashyut orqali samolyotni tark etgani xabar qilingandi.

Turkiya tomoni samolyotni chegarani buzgani uchun unga o‘q uzishdan oldin 5 daqiqa davomida 10 marta ogohlantirganini bildirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu samolyot butun parvoz davomida faqat Suriya hududida bo‘lganini qayd etib o‘tgan.

"Bu holat xolis nazorat vositalari bilan qayd etilgan", deyilgan vazirlik bayonotida.

Uchuvchilardan biri Lataqiyada yashovchi turkmanlar qo‘liga asir tushgani aytilgan. Ikkinchisining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish