Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada muqaddas matnlar haqidagi qonun kuchga kirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Ekstremistik faoliyatga qarshi turish to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartishlar kiritish borasidagi yangi qonun hujjatini imzoladi. Unga ko‘ra, muqaddas kitoblar matnlari ekstremistik deb tan olinishi mumkin emas.
“Bibliya, Qur'on, Tanax va Ganjur, ularning mundarijasi, ulardan olingan iqtiboslar ekstremistik materiallar deb tan olinishi mumkin emas”, - deyiladi qonun matnida.
Qonun nashr qilingan kunidan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat avval Janubiy Saxalin sudi prokurorning da'vosiga ko‘ra ichida Qur'ondan keltirilgan iqtiboslar bo‘lgan bir kitobni ekstremistik deb topgan edi.
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov bunday qarorga kelgan shaxslarni javobgarlikka tortishga chaqirdi hamda prokurorga qarshi da'vo bilan chiqdi. Keng miqyosdagi muhokamalardan so‘ng Saxalin apellyatsiya sudi Qodirovning da'vosini qondirdi va Janubiy Saxalin shahar sudining qarorini bekor qildi.