Jamiyat | 15:52 / 24.11.2015
2399
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sport shifokorlari tayyorlanadi

Samarqand davlat tibbiyot institutida yangi jismoniy sog‘lomlashtirish va sport tibbiyoti kafedrasi ish boshladi, deb yozmoqda «Pravda Vostoka».

Manbaning yozishicha, bo‘lajak shifokorlar yangi bo‘limda fizioterapiya, jismoniy davolanish, sihatgohlarda davolanish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda ta'lim olishadi.

Sport shifokori maqomiga ega bo‘lish uchun klinik ordinatura yoki magistraturani bitirish lozim bo‘ladi. Hozirda dargoh bu borada bolalar va o‘smirlar sport maktabi bilan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish