Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya hukumati qochqinlarni suv ustiga joylashtiradi
Shvetsiya hukumati odatiy qochqinlar boshpanalaridan joy yetishmayotgani sababli muhojirlar uchun suv ustidagi vaqtinchalik turargohlar qidirishni boshladi, deya xabar bermoqda TASS.
Shu munosabat bilan mamlakat migratsion boshqarmasi kema va platformalar egalari uchun tender e'lon qildi.
Qochqinlarga boshpana taqdim etuvchilar muhojirlar ta'minotini to‘liq zimmasiga olishlari lozim. Turar-joylar yotoq joylaridan tashqari, oshxona, televizorli mehmon kutish va bolalar uchun o‘yin xonalari bilan ta'minlangan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, qochqinlar internetga ham ulana olishlari kerak.
Suvda suzuvchi yangi boshpana kelgusi yil avvalidan faoliyatini boshlaydi.
Ayni paytda esa Shvetsiyada 150 ming nafar qochqin boshpana topgan.