Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Dal Teknik Makina nomli kompaniyasi Surxondaryoda sement zavodi quradi
Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati va Turkiyaning “Dal Teknik Makina” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda yana bir yangi sement zavodi qurish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda kompaniya vakili Lina Dyurak Toshkentda ochilgan "BusinessCem 2015" xalqaro konferensiya davomida ma'lum qildi.
Dyurakning ta'kidlashicha, ushbu loyiha ham Surxondaryo viloyatida amalga oshirilib, 2018 yilning iyul oyida tugallanishi rejalashtirilmoqda.
Yangi zavod yiliga 1,5 million tonnagacha sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 250 million AQSh dollariga yaqin mablag‘ni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘ Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda mahalliy tijorat banklarining kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Ma'lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 8ta sement zavodi faoliyat yuritadi va ularning umumiy ishlab chiqarish quvvati 8,64 million tonnani tashkil etadi.