O‘zbekiston | 17:02 / 24.11.2015
6371
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekiston orqali o‘tadigan tezyurar temir yo‘l quradi

Xitoy Eronga boradigan yangi tezyurar temir yo‘lini qurmoqchi. China Daily nashrining yozishicha, bu yo‘l Markaziy Osiyoning 4 davlati, shu jumladan, O‘zbekistonning ham hududidan o‘tadi.

Loyiha haqida China Railway Corp bosh muhandisi Xe Xovu tomonidan “Bir kamar – bir yo‘l” forumi chog‘ida ma'lum qilindi. Uning so‘zlariga qaraganda, bu yo‘l yillik tovar aylanmasini 2.5 trln dollarga yetkazadi.

Yangi temir yo‘l Shinjon poytaxti Urumchini Xitoyning Inin, Qozog‘istonning Olmaota, Qirg‘izistonning Bishkek, O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand, Turkmanistonning Ashxobod va Eronning Tehron shaharlari bilan bog‘laydi.

Ta'kidlanishicha, bunday temir yo‘lni yaratish zarurati turli davlatlardagi temir yo‘l standartlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bilan bog‘liq ravishda kelib chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish