Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Tsrvena Zvezda" jamoasi "Rossiyaga hurmat yuzasidan" Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini bekor qildi
Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" futbol klubi Turkiyada qishki yig‘inlarini o‘tkazishdan bosh tortdi. Jamoa rahbariyati "Rossiyaga hurmat yuzasidan" shunday yo‘l tutgan. Bu haqda RIA Novosti nashri serblar jamoasi prezidenti Zvezdan Terzichga asoslanib, xabar tarqatgan.
"Biz aniq qaror qabul qildikki, Turkiyaga bormaymiz. Buning sababi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashgani bilan bog‘liq. "Tsrvena Zvezda" Rossiyaga va janobi prezident Vladimir Putinga nisbatan hurmatsizlik qilmoqchi emas", degan Terzich.
Biroz oldinroq, Moskvaning "Spartak" jamoasi Turkiyadagi yig‘inlarini bekor qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.
Rossiya prezidenti bu hodisaga munosabat bildirib, buni "orqadan zarba berish" deya baholagan.