Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endilikda Rossiya bombardimonchilarini qiruvchilar kuzatib boradi
Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi Su-24 samolyotining urib tushirilishidan tegishli xulosalar qildi. Bosh shtab bosh operativ boshqarmasi rahbari general-leytenant Sergey Rudskoyning seshanba kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Rossiya barcha nishonlarni yo‘q qilishda davom etadi, Turkiya bilan harbiy aloqalar esa to‘xtatiladi.
Uning ta'kidlashicha, harbiy rahbariyat ko‘riladigan xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qilgan. Shu munosabat bilan bir qancha qoidalar joriy qilinadi. Jumladan, aviatsiya harakati bundan buyon faqat qiruvchilar kuzatuvida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, havo mudofaasi kuchlari kuchaytiriladi.
Shu maqsadda “Fort” raketalarga qarshi qurilmalari bilan jihozlangan “Moskva” kreyseri Lataqiya qirg‘og‘iga olib kelinadi.
“Ogohlantiraman, bizga xavf tug‘diradigan barcha nishonlar yo‘q qilinadi”, - dedi Rudskoy o‘z bayonotida.
Uchinchidan esa, harbiyning ta'kidlashicha, Turkiya bilan harbiy aloqalar to‘xtatiladi.